Manba: Jamshid Qo‘chqorov boshqa lavozimga o‘tkazildi
Moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov lavozimini tark etdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda hukumat tarkibida kadrlar rokirovkasi amalga oshirilgan.
Bir necha manbalarning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, Jamshid Qo‘chqorov Moliya vazirligi lavozimidan olingan hamda Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlangan.
U yangi lavozimda Botir Xo‘jayev o‘rnida ish boshlaydi. Shu bilan birga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoladi. U bosh vazir o‘rinbosari sifatida kambag‘allikni qisqartirishga ham mas'ul bo‘ladi.
Jamshid Qo‘chqorov 2017 yil noyabrida Moliya vaziri etib tayinlangan, 2019 yil fevralidan Bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024