Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA’da ishlagan eng keksa amerikalik matematik vafot etdi
AQShning NASA koinot agentligi parvozlari orbitalarining ko‘rsatkichlari hisob-kitobi ustida ishlagan amerikalik ayol matematik Ketrin Jonson 101 yoshida vafot etdi. Uning hisob-kitoblari “Apollon 11” ekspeditsiyasiga Oydan Yerga qaytishda yordam bergan.
Bu haqda NASA o‘z saytida ma'lum qildi.
“NASA Ketrin Jonson bugun ertalab 101 yoshida vafot etganidan dilda o‘kinch bilan xabar topdi. U amerikalik qahramon edi va uning buyuk tadqiqotlari hech qachon unutilmaydi”, deb ta'kidlab o‘tgan NASA direktori Jim Braydenstayn.
“Sobiq ittifoqda 1957 yilda tarixdagi birinchi sun'iy yo‘ldoshning uchirilishi Ketrin Jonson hayotida buriluvchi on bo‘lgan”, deyilgan xabarda.
Olima 1957 yilda fazoviy parvozlar imkoniyatini baholash bilan shug‘ullangan maxsus guruh tarkibiga kirgan muhandislar uchun “Koinot texnologiyalari haqidagi qaydlar” deb nomlangan hujjatning matematik analiz qismini tayyorlagan. Jonson, shuningdek, 1961 yilda astronavt Alan Shepardning suborbital parvozi trayektoriyasini, 1962 yilda esa fazoga uchgan birinchi amerikalik astronavt Jon Glenning orbitaga parvozini tahlil qilishda, “Apollon” oy dasturi va ko‘p marotabalik Space Shuttle fazoviy kemalari parvozlari dasturida ishtirok etgan.
Jonson NASA’da 33 yil davomida ishlagan. 2015 yilda u AQShdagi eng oliy mukofotlardan biri – Prezidentning Ozodlik medalini olgan. 2017 yilda esa NASA’ning Virjiniya shtatidagi tadqiqot markazi uning sharafiga atalgan.
2016 yilda Jonson va NASA’da 1960-yillarda ishlagan hamda o‘z huquqlari uchun kurashgan qora tanli ayollar haqida “Yashirin shaxslar” kitobi nashr etilgan. Shuningdek, ushbu kitob asosida shu nomli film ishlangan.
Mavzuga oid
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
08:05 / 05.05.2026
12 mingta surat: NASA Artemis-II missiyasining to‘liq fotoarxivini e’lon qildi
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026