Jahon | 20:48 / 25.02.2020
4202
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar sonini qisqartirishga va'da berdi

"Biz toliblar bilan kelishuvga juda yaqinmiz. Ikki kun zo‘ravonliklarsiz yoki deyarli zo‘ravonliklarsiz o‘tdi", - dedi Tramp Hindistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Amerika prezidenti hattoki AQShda uni tinmay tanqid qiladiganlar ham toliblar bilan kelishuvga erishishni istashlarini qayd etdi.

"Biz Afg‘onistonda 19 yil bo‘ldik... va odamlar u yerdagi harbiylarimiz sonini 8600 kishigacha qisqartirishga harakat qilayotganimizni ko‘rishdan xursand", - dedi Tramp.

Avvalroq AQSh davlat departamenti Qo‘shma Shtatlar 29 fevral kuni “Tolibon” harakati bilan kelishuv imzolashga tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi. 

“Tolibon”ning Dohadagi rasmiy vakili Suhayl Shaxin ham kelishuv 29 fevralda Dohada imzolanishini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid