Jahon | 18:17 / 28.02.2020
37123
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘anning maslahatchisi Turkiya Rossiya bilan urushishga tayyorligini aytdi

Maslahatchi 25 million nafar musulmon yashaydigan Rossiya «ichidan tilka-pora bo‘lishi»ni aytdi. 

Foto: AP Photo / Ghaith Alsayed

Turkiya prezidentining maslahatchisi, xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha prezident qo‘mitasi a'zosi Mesut Haqqi mamlakat Rossiya bilan urushga tayyorligini ma'lum qildi. U bu haqda A Haber telekanali efirida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriya, Iroq, kurdlar yoki arablarning dushmani emas. 

«Biz ular bilan og‘a-inimiz. Biz aka ukani o‘ldirmasligi uchun shu yerdamiz», — dedi u. Haqqi Moskva noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotgani va Anqaraning ishonchini yo‘qotganini qo‘shib qo‘ydi.

Maslahatchi 25 million nafar musulmon yashaydigan Rossiya «ichidan tilka-pora bo‘lishi»ni aytdi. 

«O‘tmishda biz Rossiya bilan 16 marta jang qilganmiz, buni yana qilamiz, qasosimiz dahshatli bo‘ladi», — dedi u.

Haqqi Suriyaning Idlib viloyatida 27 fevral kuni 33 nafar turk harbiysining halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma'lumotga ana shunday munosabat bildirdi. 

Mavzuga oid