Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘quvchilarning sochini o‘lchash bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan - XTV
Ijtimoiy tarmoqlarda maktabda o‘quvchilarning soch uzunligi o‘lchanayotganiga oid fotosuratlar e'lon qilindi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
O‘zbekiston Xalq ta'lim vazirligi ushbu fotosuratlar bo‘yicha o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, o‘quvchilarning sochini o‘lchash yoki ularning tashqi ko‘rinishini tekshirish bo‘yicha hududiy xalq ta'limi boshqarmalariga hech qanday topshiriq berilmagan.
Bildirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Nizomda o‘quvchining tashqi ko‘rinishiga bo‘lgan talablar keltirib o‘tilgan. Barcha ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘quv yilining boshida ushbu talablar bilan tanishtirilgan holda, o‘quv yili davomida o‘z farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumta'lim maktablariga kelishini ta'minlashga mas'ul hisoblanadilar, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Mavzuga oid
11:12 / 14.01.2026
Surxondaryoda 9-sinf o‘quvchisi 11-sinf o‘quvchisi tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
09:37 / 08.12.2025
Nigeriya: jangari guruh qo‘lidan 100 nafar maktab o‘quvchisi qutqarildi
12:00 / 26.11.2025
Yakka tartibda o‘qitiladigan o‘quvchilarga dars berganlik uchun yo‘l kompensatsiyasi to‘lanadi
09:54 / 15.10.2025