Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara va Moskva Idlibda taranglikni pasaytirish borasida kelishib oldi
Turkiya poytaxti Anqarada Suriya bo‘yicha Rossiya va Turkiya maslahatlashuvining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi. Rossiya TIV rasmiy bayonotida har ikki tomon taranglikni pasaytirish va terrorchilar bilan kurashish maqsad qilib olinganini tasdiqlagani aytilmoqda.
26-28 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralarda RF prezidentining Suriya masalasi bo‘yicha maxsus vakili A.Lavrentev, RF TIV rahbarining o‘rinbosari S.Vershenin va Turkiya TIV rahbari o‘rinbosari S.O‘nal qatnashgan.
Rossiya TIV o‘z bayonotida muzokaralar chog‘ida Idlib eskalatsiyadan xalos bo‘lish zonasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga erishish yo‘lida 2017 yil 4 maydagi hamda 2018 yil 17 sentyabrdagi memorandumlarning to‘liq bajarilishini ta'minlash asosida konkret qadamlar muhokama qilinganini ta'kidlagan.
«Har ikki taraf BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan terrorchi deb tan olinganlarga qarshi kurashda «yer ustida» taranglikni pasaytirish, shuningdek, eskalatsiyadan xalos bo‘lish zonasi ichidagi va tashqarisidagi fuqarolardan iborat aholini himoya qilish va barcha ehtiyojmandlarga shoshilinch insonparvarlik yordami ko‘rsatishga bo‘lgan maqsadlarni tasdiqladi», deb ta'kidlanadi Rossiya TIV bayonotida.
Mavzuga oid
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026
Rossiya nefti nishonda: zarbalar natija beradimi?
10:03 / 11.07.2026