Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va «Tolibon» tinchlik kelishuvini imzoladi
Mayk Pompeo toliblarni «Al-Qoida» bilan aloqalarni to‘xtatish bo‘yicha va'dalarni bajarishga chaqirdi
AQSh va «Tolibon» harakati o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qatar poytaxti Doha shahrida kelishuvni AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod hamda «Tolibon» yetakchisining o‘rinbosari, harakatning Qatardagi ofisi rahbari mulla Abdulla G‘ani Barodar imzolagan.
BREAKING: The US and Taliban have signed a historic peace deal, in which the US has agreed to withdraw all troops from Afghanistan within 14 months.
— Sky News (@SkyNews) February 29, 2020
For more on this breaking story, head here: https://t.co/b5RzwRuX8l pic.twitter.com/v6pPxsJwk2
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo toliblarni «Al-Qoida» bilan aloqalarni to‘xtatish bo‘yicha va'dalarni bajarishga chaqirdi, deyiladi ma'lumotda.
Bir qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari marosimda kuzatuvchilar sifatida ishtirok etmoqda.
Avvalroq, «Tolibon» va AQSh delegatsiyalari o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kelishuv tayyorlangani va 29 fevral Dohada ikki tomondan imzolanishi xabar berilgandi.
«O‘nlab yillar davom etgan ixtilofdan keyin biz toliblar bilan Afg‘onistonda zo‘ravonlikni qisqartirish haqidagi kelishuvga keldik. Bu tinchlik uchun uzoq davom etgan yo‘ldagi muhim qadamdir, men barcha afg‘onlarni bu imkoniyatdan foydalanib qolishga chaqiraman», - deb yozgandi Mayk Pompeo tvitterda.
AQSh va «Tolibon» Dohada 2019 yil davomida muzokaralar olib borgan, biroq tinchlik kelishuvining imzolanishi Afg‘onistonda amerikalik harbiylarning halok bo‘lishiga olib kelgan terakt sababli barbod bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026