Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda yo‘lovchilarning samolyotda Wi-Fi’dan foydalanishiga ruxsat berildi
E'lon qilingan shartlarga ko‘ra, samolyot komandiri yo‘lovchilarning qurilmalari avia rejimida bo‘lgan holatda ularga bortdagi Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
Hindiston hukumati yo‘lovchilarning samolyotda Wi-Fi’dan foydalanishiga ruxsat berdi. Bu haqda The Economic Times nashri xabar berdi. Shunday qilib, faqat Shimoliy Koreya parvoz vaqtida ushbu texnologiyadan foydalanish taqiqlangan davlat bo‘lib qolmoqda.
E'lon qilingan shartlarga ko‘ra, samolyot komandiri yo‘lovchilarning qurilmalari avia rejimida bo‘lgan holatda ularga bortdagi Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishga ruxsat berishi mumkin.
Bu qoida noutbuk, smartfon, aqlli soat va boshqa qurilmalarga taalluqli. Shuningdek, havo kemasi tegishli sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Qayd etilishicha, mahalliy avikompaniyalar ushbu xizmatga kerakli infratuzilmani yaratishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026