Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an 5 mart kuni Moskvada muzokara o‘tkazadi
Avvalroq Putin va Erdo‘g‘an yuzma-yuz uchrashishga kelishib olgani xabar qilingandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muzokara o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
"Turkiya Respublikasi prezidenti 5 mart kuni Moskvaga ishchi tashrif bilan keladi. Uning prezidentimiz bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan", - dedi Peskov.
Avvalroq Putin va Erdo‘g‘an yuzma-yuz uchrashishga kelishib olgani xabar qilingandi.
Suriyaning Idlib provinsiyasida jiddiy eskalatsiya yuzaga kelgan: payshanba kuni kechqurungi havo hujumi oqibatida Turkiya armiyasining kamida 33 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Turkiya tomoni havo zarbalari “Suriya rejimi” harbiy-havo kuchlari tomonidan yo‘llanganini ma'lum qilgan. Suriyaning bosh ittifoqchisi Rossiya hujum nishoniga tushib qolgan turkiyalik harbiylar «terrorchilar orasida bo‘lgani»ni ma'lum qilgan. Turkiya buni inkor etgan.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026