Jahon | 23:04 / 03.03.2020
8129
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 19 kishi tornado qurboniga aylandi

AQShning Tennesi shtatiga yopirilgan tornado oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi. 

Foto: Associated Press

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi

Tornado mahalliy vaqt bilan soat 00:40 atrofida Neshvill shahri va uning atrofidagi hududlarga yopirilgan.

Ma'lum qilinishicha, 14 kishi Patnam okrugida, Uilson va Devidsonda 2 kishidan, Benton okrugida bir kishi halok bo‘lgan.

Yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.

Qutqaruv xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tornado vaqtida 400 ga yaqin shoshilinch yordam so‘ralgan murojaat olingan. 156 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Tabiiy ofat oqibatida 50ga yaqin uy vayron bo‘lgan, elektr uzatish liniyalariga zarar yetgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid