Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga O‘zbekiston nomzodi ilgari suriladi
BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga 2021-2023 yillarga saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini ilgari surish ko‘zda tutilgan
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Yil davomida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
BMTga a'zo davlatlarning O‘zbekistonning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga nomzodini qo‘llab-quvvatlashga erishish maqsadida ular bilan muzokaralar olib borish;
O‘zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash va inson rivojlanishi sohasida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida materiallarni tayyorlash hamda BMTga a'zo davlatlar o‘rtasida tarqatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar.
Shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan. Bunda:
Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (Rossiya Federatsiyasi, Ozarboyjon), Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi (Italiya) va Osiyo (Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Turkiya) mamlakatlari bilan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar o‘tkazish hamda tashriflar doirasida mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalar va dasturlarni qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026