Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi aksi: Xitoy koronavirus sababli Erondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qiladi
Yaqindagina koronavirus sababli barcha davlatlar Xitoydan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilayotgan edi. Endi esa buning aksi ro‘y bermoqda: Xitoy virus jadal tarqalayotgan Erondan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga qaror qildi.
Bunda ustuvorlik Eronda virusdan kasallanish holati eng ko‘p qayd qilingan Qum shahridagi xitoylik talabalarga beriladi.
Bu haqda Global Times nashri xabar berdi.
Xitoydan fuqarolarni olib kelish uchun Eronga birinchi charter aviareysi 3 mart kuni yuboriladi. Evakuatsiya qilingan xitoyliklar 14 kunlik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni bir kunda 800dan ko‘proqqa oshib, umumiy soni 2336 nafargacha yetdi. Qurbonlar soni 77 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
23:07
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47