O‘zbekiston | 10:38 / 03.03.2020
19086
2 daqiqa o‘qiladi

Uchta universitetda masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi

Foto: KUN.UZ

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar:

masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibi belgilanadi;

dasturiy-apparat kompleksi yaratiladi;

tegishli OTMlarning o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etiladi va zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlanadi.
 
Shuningdek, 2020 yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘riladi.

2020 yil 1 sentyabrga qadar ilm-fanning ishlab chiqarish bilan faol integratsiyalashuvini ta'minlash maqsadida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid