O‘zbekiston | 09:50 / 04.03.2020
3225
6 daqiqa o‘qiladi

Reklama konstruksiyasini auksion g‘olibi o‘rnatadi

Hukumat tomonidan tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularni qurish huquqini olish uchun elektron auksion o‘tkazish tartibi belgilandi

Foto: Depositphotos

Tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qurish uchun beriladigan yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish to‘g‘risida nizomda tuman (shahar) hokimligi vakolatli organ etib belgilangan, deb yozmoqda Norma.

Bunday obektlarni tanlashda mas'ul organ va tashkilotlar quyidagilar yuzasidan xulosa berishi lozim:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda - mahalliy hokimiyat organlari) tashabbusi bilan yoki davlat va nodavlat tashkilotlarining takliflari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) qurilishi uchun berilgan yer uchastkalari, bino va inshootlarning turlari, asosiy dizayn yechimlari va reklama tuzilmalarining o‘lchamlari, ularning joylashish xaritalari (sxemalari) ro‘yxati tuziladi.

Vakolatli organ yer uchastkalari, bino va inshootlarni aniqlash maqsadida xatlov o‘tkazadi, buning uchun:

  • joyiga chiqqan holda va mutaxassislarni jalb qilib, maxsus jihozlardan foydalangan holda obektlarni (yer uchastkalarini) vizual tekshiruvdan o‘tkazadi;
  • obektning joylashuv joyini aniqlaydi (geolokatsiya);
  • tashqi reklama obektlari (konstruksiyalari) o‘rnatiladigan joy va obektni fotosuratga oladi;
  • obektning manzilini aniqlaydi;
  • obektning umumiy tavsifini va boshqa zarur ma'lumotlarni tuzib chiqadi.

Tashqi reklama vositalarini muhandislik tarmoqlari va boshqa kommunikatsiyalarga ulash zarurati tug‘ilganda, xatlov varag‘ida barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda tegishli belgi qo‘yiladi Har bir obekt uchun xatlov varaqasi hamda elektron shaklda reklama joyi pasporti rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar yuqorida ko‘rsatilgan organ va tashkilotlarga 5 ish kuni ichida tasdiqlash uchun yuboriladi, ular 5 ish kuni ichida tegishli xulosa va kelishuvlarni taqdim etadi.

Reklamadan xoli hududlar joylashuvi Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari va boshqa manfaatdor idoralar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis palatalari, Oliy sud, hududiy hokimiyat organlari, davlat boshqaruv organlari va muassasalari, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega obektlar va diniy obektlar binolari, shuningdek ularga tutash hududlar reklamadan xoli hududlar bo‘lib, reklama obektlari ulardan 50 metr masofada joylashtirilishi lozim.

Vakolatli organ tegishli xulosa va kelishuvlar olingandan so‘ng mahalliy hokimiyat organlariga yer uchastkalari, bino va inshootlarning ro‘yxatini shakllantirish uchun reklama joyi pasporti, xatlov varaqalari, tavsiya etilgan tuzilmalar ro‘yxati, xaritalar (sxemalar) hamda boshqa hujjatlar va ma'lumotlarni yuboradi.

Hududiy hokimiyat organlari yer uchastkalari, bino va inshootlarning elektron ro‘yxati va reklama joyi pasportlarini elektron shaklda «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasiga joylashtirgan holda tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) qurish huquqini elektron auksionlarda sotishni tashkil qiladi. Tashqi reklama obektlarining (konstruksiyalarining) ro‘yxatlari OAV, hududiy hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi.

Auksion Tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalari, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarda qurish huquqini elektron auksion orqali sotish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq o‘tkaziladi.

 Auksionga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida:

Elektron savdolarda qatnashish uchun buyurtmalar xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab elektron auksion boshlanguniga qadar avtomatik rejimda qabul qilinadi. Buyurtma elektron shaklda beriladi va ERI bilan tasdiqlanadi. Har bir ishtirokchiga avtomatik ravishda auksion qatnashchisi raqami biriktiriladi. Auksion musobaqa va narxini oshirib borish tamoyili asosida soat 9.00 dan soat 18.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi.

Ishtirokchi tomonidan narxni oshirish haqidagi taklif auksion o‘tkazilishi vaqti tugashigacha 10 daqiqadan kam vaqt qolganda kelib tushgan bo‘lsa, auksionni o‘tkazish muddati taklif kelib tushgan paytidan boshlab 10 daqiqa muddatgacha uzaytiriladi. Har bir keyingi taklif elektron auksion o‘tkazilishi muddatini 10 daqiqaga uzaytiradi. Bunda auksion soat 21.00 gacha uzaytiriladi. Lotning narxi haqidagi taklifni oxirgi bo‘lib soat 21.00 gacha tasdiqlagan ishtirokchi auksion g‘olibi deb tan olinadi. Oxirgi tasdiqlangan taklif paytidan boshlab 10 daqiqa ichida lotning narxini oshirish to‘g‘risida keyingi taklif birorta ishtirokchi tomonidan tasdiqlanmasa, elektron auksion bayonnomani avtomatik shakllantirish bilan yakunlanadi.

Auksion g‘olibi 3 ish kuni ichida obektning to‘liq narxini to‘laydi, shundan so‘ng auksion yakunlari to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnoma veb-portal tomonidan avtomatik ravishda rasmiylashtiriladi va u reklama joyi pasporti olish uchun asos bo‘ladi.

Auksion bo‘lib o‘tmagan deb topilgan taqdirda, talabgorlar qayta auksionda qatnashishni rad etsalar, operator tomonidan zakalat summasi 3 ish kuni ichida ishtirokchilarning hisobraqamiga o‘tkazib beriladi.

Hujjat 21.02.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid