Jahon | 22:57 / 05.03.2020
9766
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada koronavirusga chalinganlarni kimsasiz orolda joylashtirishmoqchi

Indoneziya rasmiylari koronavirusga chalinganlarni Galang deb nomlanuvchi kimsasiz orolda joylashtirishmoqchi. 

Foto: EPA-EFE

Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Xadi Tyadjantoga tayanib Jakarta Post nashri xabar berdi

Tyadjantoning ma'lum qiliishicha, orolda 1979-1996 yillarda vetnamlik qochqinlar uchun lager sifatida qo‘llangan bir nechta bino saqlanib qolgan.

Oroldagi shifoxona karantin markazi sifatida qo‘llanib, ming nafargacha bemorni qabul qila oladi. Indoneziya jamoat ishlari va uy-joy qurilishi vaziri bunday shifoxonani bir oyda jihozlash mumkinligini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, orolda suv va elektr ta'minoti mavjud.

2 mart kuni Indoneziyada koronavirusga chalingan ilk 2 kishi aniqlangani ma'lum qilingan. 

27 fevralda Jakarta yaqinidagi deyarli kimsasiz orol Sebaruga fevral boshidan Hongkongda karantinda turgan World Dream kruiz layneri ekipajining indoneziyalik 188 nafar a'zosi karantinga jo‘natilgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid