Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘qotib qo‘yilgan 100 mln. so‘m egasiga qaytarildi
Xizmat olib borayotgan PPX xodimlarining oldiga bir fuqaro kelib, 100 mln. so‘m pulini yo‘qotib qo‘yganini aytib topishda yordam berishini so‘raydi
Joriy yilning 3 mart kuni taxminan soat 24.00 larda Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi 2-batalon 4-otryad xodimlari, safdor Bekbosunov Nurjan Mahametkulovich va safdor Nazarov Rahmatilla Rixsitillayevichlar Mirobod tumanida 3 bosqich yunalishida xizmat olib borayotgan vaqtlarida xodimlarning oldiga bir fuqaro kelib, 100 mln. so‘m pulini yo‘qotib qo‘yganini aytib, bu pullarni topishda yordam berishlarini so‘raydi.
Shundan so‘ng xodimlar pulni topish uchun xizmatga kirishadilar va o‘sha hududga o‘rnatilgan kamera yozuvini ko‘zdan kechirganlarida pullarni aniq yashash joyi bo‘lmagan Logan ismli shaxs olganligi ma'lum bo‘ladi. Xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu shaxs ushlanib, Mirobod tumani IIBga olib borilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda yonida 100 million so‘m pul borligi aniqlanib, bu pullar egasi – Mirobod tumanida yashovchi fuqaro Karimov Ulug‘bek Jamoliddinovichga topshiriladi.
Mavzuga oid
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026