Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MAZ» O‘zbekistonga avtobuslar yetkazib berishi mumkin
Transport vaziriligida «MAZ» OAJ bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Transport vazirligida Belarus Respublikasining «Minsk avtomobil zavodi» OAJ vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Transport vaziri o‘rinbosari v.b D.Dehqonovning «MAZ» OAJ bosh direktori o‘rinbosari S.Shulyak bilan uchrashuvida korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli modeldagi avtobuslarni O‘zbekiston bozoriga yetkazib berish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
«MAZ» OAJ bosh direktori o‘rinbosari Sergey Shulyak O‘zbekiston bilan yo‘lovchi tashish sohasini rivojlantirish yo‘lida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bunda kompaniya imtiyozli moliyalashtirish va xizmat ko‘rsatishning to‘liq sikli (moliyalashtirish, mahsulotlarni yetkazib berish va servis xizmatlari ko‘rsatish) yo‘nalishida ishlashga tayyorligini bildirdi.
- Kompaniya O‘zbekiston bozoriga turli hajmdagi va modifikatsiyadagi avtobuslar, elektrobuslar hamda aeroportlar uchun peron avtobuslarni yetkazib berishga va bu borada hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor, - dedi Sergey Shulyak.
Transport vaziri o‘rinbosari v.b D.Dehqonov avtotransportda yo‘lovchi tashish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda mavjud avtobus parkini yangilash o‘ta muhim masala ekanligini qayd etib o‘tdi. Boshqa tarmoqlardan farqli ravishda bugungi kunda avtotransport sohasida xususiy sektorning ulushi 80 foizni tashkil etadi. Viloyatlarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatayotgan korxonalarda esa o‘rta sig‘imli avtobuslar xarid qilish bo‘yicha talab yuqori.
Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda tomonlar yo‘lovchi tashish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarni «MAZ» korxonasining mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026
Toshkentda yo‘lovchilarga qo‘pol muomala qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
09:44 / 19.04.2026