Transport vazirligida Belarus Respublikasining «Minsk avtomobil zavodi» OAJ vakillari bilan muzokaralar bölib ötdi. Transport vaziri örinbosari v.b D.Dehqonovning «MAZ» OAJ boş direktori örinbosari S.Şulyak bilan uçraşuvida korxona tomonidan işlab çiqarilayotgan turli modeldagi avtobuslarni Özbekiston bozoriga yetkazib beriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.    

«MAZ» OAJ boş direktori örinbosari Sergey Şulyak Özbekiston bilan yölovçi taşiş sohasini rivojlantiriş yölida yaqindan hamkorlik qilişga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Bunda kompaniya imtiyozli moliyalaştiriş va xizmat körsatişning töliq sikli (moliyalaştiriş, mahsulotlarni yetkazib beriş va servis xizmatlari körsatiş) yönalişida işlaşga tayyorligini bildirdi.   

- Kompaniya Özbekiston bozoriga turli hajmdagi va modifikatsiyadagi avtobuslar, elektrobuslar hamda aeroportlar uçun peron avtobuslarni yetkazib berişga va bu borada hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirişdan manfaatdor, - dedi Sergey Şulyak.    

Transport vaziri örinbosari v.b D.Dehqonov avtotransportda yölovçi taşiş sohasida körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişda mavjud avtobus parkini yangilaş öta muhim masala ekanligini qayd etib ötdi. Boşqa tarmoqlardan farqli ravişda bugungi kunda avtotransport sohasida xususiy sektorning uluşi 80 foizni taşkil etadi. Viloyatlarda yölovçi taşiş xizmatlarini körsatayotgan korxonalarda esa örta siğimli avtobuslar xarid qiliş böyiça talab yuqori.

Uşbu jihatlarni inobatga olgan holda tomonlar yölovçi taşiş sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlarni «MAZ» korxonasining mahsulotlari bilan yaqindan taniştiriş böyiça hamkorlikda işlaşga kelişib oldi.