Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
«O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.
Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati
Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar qilishicha, shu paytgacha «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Olimjon Isayev Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.
Olimjon Isayev 1972 yili Namanganda tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Namangan davlat universitetini tamomlagan.
Namangan shahridagi «Ifoda agro kimyo himoya» korxonasi direktori, viloyat fermerlar kengashi raisi, «Mexmash» MChJ kuzatuv kengashi raisi vazifalarida ishlagan. 2018 yil may oyidan beri «O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati boshqaruviga raislik qilib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Namangan shahrining sobiq hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov 5 mart kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025