Namangan şahri hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimiga deputatlar tomonidan tasdiqlangan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev xabar berdi.

«Abdurazzoqov Şavkat Şokirjonoviçni Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi lavozimiga tasdiqlaş haqida Qonunçilik palatasining qarori qabul qilindi. Uşbu masala palataning yalpi majlisida körib çiqildi.

Ş. Abdurazzoqov ayni vaqtga qadar Namangan şahar hokimi vazifasida mehnat qilmoqda edi.

Yangi rahbar raisligidagi sohada nazorat kuçaytirilib, asossiz ravişda daraxtlar kesilmasligiga umid qilamiz», deyiladi xabarda.

Şavkatjon Abdurazzoqov 2015-2017 yillarda Namangan tuman hokimi lavozimida işlagan, 2017 yil fevralida u Vazirlar Mahkamasining qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş hamda iste'mol tovarlari masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida iş boşlagan, 2017 yilning iyulida esa Namangan şahriga hokim etib tayinlangandi.

  • Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasiga 2018 yilning may oyidan Bahrom Qöçqorov raislik qilib kelayotgandi.