Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Sudning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 236-moddasiga o‘zgartishlar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Sudning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 236-moddasi (Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“236-modda. Odil sudlovni amalga oshirishga va ishlarni tergov qilishga aralashish
Sudning odil sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga ishning har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoxud adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida biron bir shaklda aralashish - uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining faoliyatiga biron bir shaklda aralashish - ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda shaxs tomonidan ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qilmishni sodir etish - muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026