Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistondan gaz importini to‘xtatmagan
O‘zbekiston Xitoyga o‘z gazini yetkazib berishni to‘xtatmadi. Bu haqda respublika Energetika vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar qildi.
Avvalroq, Reuters agentligi PetroChina koronavirusning tarqalishi sababli tabiiy gaz importi, jumladan, STG (suyultirilgan tabiiy gaz) va gaz quvurlari orqali yetkazib beriladigan gaz bo‘yicha favqulodda holat e'lon qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
«O‘zbekiston odatdagidek Xitoyga gaz eksport qilishni davom ettirmoqda», - deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy shirkati quvurda gaz yetkazib beruvchilarga, shuningdek kamida bitta STG yetkazib beruvchisiga favqulodda holat to‘g‘risida xabarnoma yuborgan.
PetroChina rasmiy ravishda favqulodda holat haqida e'lon qilgani yo‘q. Agentlik fors-major importning qanday hajmi, qaysi yetkazib beruvchilar va qaysi davrga tegishli ekani to‘g‘risida ma'lumot bermagan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026