Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» dizel yoqilg‘isi narxini pasaytirdi
"O‘zbekneftgaz" 1 martdan boshlab o‘z AYoQShlaridagi dizel yoqilg‘isining narxini pasaytirdi
Foto: Getty Images
"O‘zbekneftgaz" AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘yganligi haqida xabar berilgan edi.
Ayni paytda poytaxt va Toshkent viloyatida, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi 45 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yuqori sifatli neft mahsulotlarining sotuvi yo‘lga qo‘yilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1 martdan boshlab ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 7500 so‘mdan 7300 so‘mga pasaytirildi.
— Odatda, narx talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi, - deydi “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli «UNG Petro» MChJ direktori Mirzohid Musayev. — Mahsulot narxini pasaytirish talabni oshiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan tashqari iste'molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birjada dizel yoqilg‘isini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilg‘isining narxi kamaytirildi. Bu bilan ushbu mahsulotni sotish hajmini oshirishga erishamiz.
Bildirilishicha, “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan dizel yoqilg‘isining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilg‘isi narxidan 9 foiz, AI-92 markali benzin narxidan esa 14 foiz arzondir.
Korxona yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:13 / 05.12.2025
Ustyurtda «O‘zbekneftgaz» va SOCAR qo‘shma loyihasi ishga tushdi
19:34 / 15.11.2025
«O‘zbekneftgaz» to‘lagan soliqlar 16 foizga, «UzAuto Motors»niki qariyb 43 foizga qisqardi
15:54 / 02.09.2025
Birjada AI-80 benzini sotuvi to‘xtatildi
15:00 / 02.09.2025