Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot natijasi: chekuvchilar chekmasalar-da zarar keltiraveradilar
Chekuvchilarning kiyimlari va liboslariga singib qolgan toksik moddalar tarqalishda davom etgan va atrof-muhitga zarar yetavergan
Germaniya kinoteatrlarida olib borilgan uzoq yillik tadqiqotlarga ko‘ra chekuvchilar chekmay turgan paytlarida ham atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazaverishlari ma'lum bo‘ldi.
Der Standard nashrining yozishicha, Germaniya kinoteatrlarida 15 yildan beri chekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo bu taqiq ortidan atrof muhitga yetadigan zarar yo‘qolib ketmagan. Hatto uzluksiz ishlatiladigan yirik ventilyatsiya tizimlari ham muammoni to‘liq bartaraf eta olmagan.
Gap shundaki, chekuvchilarning kiyimlari va liboslariga singib qolgan toksik moddalar tarqalishda davom etgan va atrof-muhitga zarar yetavergan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, chekuvchi yashagan uydagi zararli moddalar hatto ikki oy o‘tgandan keyin ham butunlay yo‘qolib ketmagan.
Olimlarning fikricha, kiyimlarga singib qolgan toksik moddalarning kinoteatr kabi yopiq binolarda dimlanib qolishi boshqalarga bir seans davomida o‘ntagacha sigaret tutuni orasida qolishdek ta'sir qilishi aniqlangan.
Mavzuga oid
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
02:09 / 09.03.2026
Tadqiqot: o‘smirlar tobora kamroq uxlamoqda
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026