Jahon | 10:30 / 08.03.2020
20830
1 daqiqa o‘qiladi

Eron tashqi ishlar vaziri Trampni «tibbiy terrorchilik»da aybladi 

Muhammad Javod Zarif/Foto: REUTERS

Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSh prezidenti Donald Trampning Eronga qarshi sanksiyalari koronavirus epidemiyasi ortida tibbiy terrorchilikning bir turi hisoblanishini aytdi.

“Donald Tramp fuqarolarimiz koronavirusdan halok bo‘layotgan bir paytda Eronning kasallikka qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan zaxiralarini oriqlatish maqsadida noqonuniy sanksiyalarni ataylab kuchaytirmoqda”, deb yozgan Zarif tvitterda.

U dunyo AQShning “iqtisodiy terrorchiligi tibbiy terrorchilikka o‘zgarayotgani”ga boshqa jim qarab tura olmasligini aytgan.   

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 5823 nafarga, undan vafot etganlar soni 145 nafarga yetgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid