Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:30 / 09.03.2020
9247
1 daqiqa o‘qiladi
Hafta davomida quruq va quyoshli ob-havo kuzatiladi
Foto: KUN.UZ
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi shimoliy Ural rayonlaridan kirgan antitsiklonning nisbatan sovuq chegarasi ta'sirida bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, butun respublika bo‘yicha ob-havoning quruq va asosan quyoshli bo‘lishi kutilmoqda.
Antisiklon chegarasining ta'siri natijasida tunda havo soviydi va 2-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta-sekin isitadi va harorat 12-15 darajagacha iliydi.
Qayd etilishicha, bu mart oyining birinchi yarmi uchun o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga yaqindir.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish