Italiyaning 27ta turmasida mahbuslar «koronavirusdan o‘lishni istamay» isyon ko‘tardi
Italiyada koronavirus tez tarqalayotgani sababli joriy qilingan cheklovlar sababli turmalarda noroziliklar boshlandi.
Tartibsizliklar 27 ta axloq-tuzatish muassasasida yuzaga kelib, mahbuslar xavfli virus epidemiyasi sababli amnistiya talab qilishgan. Corriere della Sera nashrining xabar berishicha, tartibsizliklar Milanning “San Vittore” va Rimning “Rebibbiya” hamda Salerno, Neapol, Verchelli, Alessandriya, Foja, Paviya shaharlaridagi turmalarda qayd etilgan. Ba'zi turmalarda mahbuslar norozilik sifatida mahalliy tibbiy muassasalarni qo‘lga olishga harakat qilgan.
Italiya shimolidagi Modena shahridagi turmada mahbuslar isyon ko‘tarishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, Parma, Alessandriya va Veronadagi turmalarda bir kishidan halok bo‘lgan. Shuningdek, 18 kishi, jumladan 3 soqchi va 6 sanitar jarohat olgan.
Fojadagi turmadan tartibsizliklardan foydalanib 50 mahbus qochib ketgan. Shundan keyin mahalliy hokimiyat shahar aholisiga savdo nuqtalari ishini to‘xtatish, banklar va muassasalarni yopishni iltimos qilgan. Tez orada 30 qochoq politsiya tomonidan qurshab olingan. Ta'kidlanishicha, 365 kishiga mo‘ljallangan mahalliy turmada 608 kishi saqlanadi. Mahbuslarning shikoyat qilishicha, ular “jahannamdagidan yomonroq yashashadi” – qo‘riqchilar virusga chalinishlari xavotirida mahbuslarga tashqariga chiqishni taqiqlab, ularni 24 soat yopiq kameralarda ushlab turibdi.
Ayni vaqtda Italiyada 7375 dan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, 622 odam sog‘ayib ketgan, 366 kishi vafot etgan. Koronavirus jadal tarqalayotgan 14 ta shimoliy viloyat va Lombardiya muxtor viloyati karantinga yopilgan. Bu hududlarga kirish-chiqish va ular ichida harakatlanish taqiqlangan.
Mavzuga oid
21:28 / 29.09.2024
Germaniya prezidenti CC jinoyatlari uchun Italiyadan kechirim so‘radi
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024