Iqtisodiyot | 20:33 / 10.03.2020
32285
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyoning eng boy odami o‘zgardi

Hindistonlik biznesmen Mukesh Ambani bir kunda 5,8 mlrd dollar yo‘qotib, Osiyoning eng boy odami nomini Alibaba egasi Jyek Maga boy berdi.

Foto: Getty Images

Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi

Reliane Industries xoldingi egasi Mukesh Ambani neft narxi qulagani sababli Osiyoning eng boy odamlari ro‘yxatining 2-o‘rniga tushdi. Bloomberg’ning baholashicha, Ambanining ayni vaqtdagi boyligi 41,8 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Tadbirkor dunyoning eng boy odamlari reytingining 19-o‘rnidan joy olmoqda. 

Jyek Maning aktivlari esa 44,5 mlrd dollarga baholangan va u bu natija bilan eng boy odamlar reytingining 18-o‘rnini egallamoqda. Ta'kidlanishicha, xitoylik biznesmen mobil dasturlarga talab oshgani sabab yo‘qotishlarni minimallashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Maning yo‘qotishlari 1 mlrd dollarni tashkil qilgan.       

Alibaba Group Xitoyning eng yirik internet-kompaniyasi hisoblanib, elektron tijorat sohasida faoliyat yuritadi. Guruh tarkibiga Alibaba Pictures, Alibaba.com, AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com kabilar kiradi.  

Reliance Industries Limited (RIL) korporatsiyasi uglevodorodlar qidirish va qazib olish, neftni qayta ishlash va neft mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, kompaniya telekommunikatsiya biznesi va riteyl sohasida ham ishlaydi.  

Mavzuga oid