O‘zbekiston | 10:39 / 10.03.2020
34585
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosarini tayinladi 

Professor Qahramon Olimov maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi

Qahramon Olimov / Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 6 martdagi qaroriga ko‘ra Qahramon Tanzilovich Olimov O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Qahramon Olimov 1967 yili tug‘ilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

2018 yildan boshlab Maktabgacha ta'lim vazirligining “Pedagog kadrlar sifatini oshirish va pedagogika kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2018 yilgacha Buxoro muhandislik texnologiya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid