Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari Sobitxon Toşpölatoviç Turğunov Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Vazirlar Mahkamasining 14 fevral kungi 82-sonli «Oliy ta'lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlaş töğrisida»gi qarori bilan Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvçi Muzaffar Hoşimoviç Esanov öz lavozimidan ozod qilingan.
Sobitxon Turğunov 2017 yilning iyulidan oktyabrigaça Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari bölgan, 2017 yilning oktyabrida Maktabgaça ta'lim vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Turğunov 2017 yil fevral oyidan Özbekiston Respublikasi prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Muzaffar Esanov 2019 yilning iyunida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi raisi lavozimiga ötkazilgan Uluğbek Ilyasoviç Inoyatov örniga universitetga rahbar bölgandi.











