Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: O‘zbekistonda «Ziyorat turizmi haftaligi» tadbirlari kechiktirildi
“Ziyorat turizmi haftaligi” dunyoda koronavirus tarqalayotgani sababli kechiktirildi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 12-16 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo bo‘ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligida ta'kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi. Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi. Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda.
“Ziyorat turizmi haftaligi” o‘tkaziladigan sana aniq bo‘lgan taqdirda, bu haqidagi ma'lumot Turizm qo‘mitasi saytida taqdim etilishi aytilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026