Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Xitoydan boshqa davlatlardagi barcha do‘konlarini yopadi
Kompaniyaning Xitoy tashqarisidagi ofislari xodimlari masofadan ishlash tizimiga o‘tadi. Ofisga kelishi shart bo‘lgan xodimlar esa o‘z hamkasblari bilan masofa saqlashlari kerak bo‘ladi.
Apple koronavirus sababli Xitoydan boshqa davlatlardagi barcha do‘konlarini vaqtincha yopishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Tim Kukning bayonotida ma'lum qilindi.
Foydalanuvchilar onlayn do‘kon xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Qo‘llab-quvvatlash xizmati ham onlayn faoliyat olib borishda davom etadi.
Apple kompaniyasining chakana do‘konlari AQSh, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Turkiya va yana bir nechta boshqa davlatlarda bor.
Kompaniyaning Xitoydagi do‘konlari o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. Bu mamlakatdagi do‘konlar fevral boshida koronavirus sababli yopilgandi.
Kompaniyaning Xitoy tashqarisidagi ofislari xodimlari masofadan ishlash tizimiga o‘tadi. Ofisga kelishi shart bo‘lgan xodimlar esa o‘z hamkasblari bilan masofa saqlashlari kerak bo‘ladi.
Jon Xopkins universitetining ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 145 mingdan ortiq koronavirusga chalinish holati qayd etilgan, 5,4 ming kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
22:14 / 28.05.2026
iPhone o‘g‘rilaridan himoyalanishning yangi usuli ishlab chiqilmoqda
18:27 / 08.05.2026