Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi janjal pichoqbozlikka aylanib ketdi, 6 nafar shaxs qamoqqa olindi
Farg‘onadagi janjal pichoqbozlikka aylanib ketdi. Jinoyatda gumonlangan 6 nafar shaxs qamoqqa olindi
Joriy yilning 10 mart kuni soat taxminan 14:30larda, 24 yoshli fuqaro I.O. bir guruh tanishlari bilan birga Farg‘ona shahar S.Ahmad ko‘chasida fuqaro T.U. bilan o‘rtalaridagi o‘zaro kelishmovchilik sabab gap talashib janjallashib ketishgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, janjal shunchaki mushtlashuv bilan yakun topmagan. T.U. va I.O. o‘zlari bilan olib kelgan pichoqlarni ham ishga solishib, bir-birlarini tanalarining turli sohalariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazishgan.
I.O.ning jinoiy sheriklari ham janjalda faol ishtirok etishib, qo‘llaridagi tosh va temir jismlar bilan fuqaro T.U.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, og‘ir tan jarohati yetkazishib, hodisa joyidan yashiringanlar.
Tergov-tezkor guruhi tomonidan hodisa joyidan ishga aloqador bo‘lgan tosh bo‘laklari, oshxona pichog‘i va qon namunalari hamda shu atrofdagi savdo do‘koniga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasiga qayd qilingan tasvirlar ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan I.O va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “ye,k” (qasddan badanga og‘ir tan jarohatini yetkazish) bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarning 6 nafariga nisbatan “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026