Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat faoliyatida yangi amaliyot joriy etiladi
Senat yalpi majlisida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq respublika darajasida hal etiladigan masala tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etilishi mo‘ljallangan
2020 yil 13 mart kuni Oliy Majlis Senati kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hudud bo‘yicha uyushmagan yoshlarning ro‘yxatini shakllantirib, ma'lumotlar bazasini yaratishi hamda beshta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishiga mas'ul bo‘lgan vazirlik, idoralarga taqdim etishi lozim bo‘ladi. Oliy Majlis Senatining barcha qo‘mitalari zimmasiga mahalliy kengashlar bilan birgalikda Konsepsiyada hamda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib borish, shuningdek ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy o‘rganilishini, zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatilishini ta'minlash vazifalari yuklatildi. Bundan tashqari, har bir yo‘nalish bo‘yicha tegishli vazirliklarning hisobotlarini Senatning yalpi majlislarida eshitib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish lozimligi qayd etildi.
Shuningdek, kengash majlisida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish yakunlari ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlanganidek, Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining taklifiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlar haqida Samarqand viloyati hokimining hisobotini eshitish rejalashtirilgan.
Ushbu masala doirasida ishchi guruh tomonidan joriy yilning 2–7 mart kunlari Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi. O‘rganish yakunlari Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashida birgalikda ko‘rib chiqilishi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar va “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi nazarda tutilgan. Senatning yalpi majlisida esa Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq respublika darajasida hal etiladigan masala tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida muhokama etilishi mo‘ljallangan. Shu tariqa Senat faoliyatida yangi amaliyot joriy etiladi.
Senat kengashi majlisida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning turmush sharoitlarini yaxshilash va bu boradagi mavjud muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.
Senat kengashi majlisida O‘zbekiston Respublikasining ayrim davlatlaridagi elchilarini tayinlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
10:50 / 12.06.2026