Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YaIDXP orqali MIBga berilgan qarzlar haqida ma'lumot olish mumkin bo‘ladi
Agar qarzdorga nisbatan ijro etuvchi sud jarayoni boshlangan bo‘lsa, sud ijrochisi chet elga chiqishni taqiqlash yoki kompensatsiya sifatida mol-mulkni tortib olish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqlidir
Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (www.my.gov.uz) ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini olish mumkin.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi xabariga ko‘ra, Majburiy ijro byurosiga jo‘natilgan qarzlar to‘g‘risida ma'lumotni bilish uchun YaIDXP saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda “Fuqarolik” bo‘limida “Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish” (https://my.gov.uz/ru/service/319) xizmatiga o‘tish va “Xizmatdan foydalanish” tugmasini bosish kerak bo‘ladi yoki "qarz", "MIB", "qarzdorlik" kalit so‘zlarini kiritib, saytning qulay qidirish tugmasidan foydalanish lozim.
Shundan so‘ng bir necha soniya ichida ijro hujjatlari haqida umumiy ma'lumotlar taqdim etiladi.
Ijro hujjatiga quyidagilar kiradi: qarz miqdori, ijro etuvchi ish yuritish raqami, ijro hujjatining mazmuni, byuro bo‘linmasining nomi va uning mas'ul xodimining telefon raqami.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:15 / 28.02.2026
Jizzaxda alimentdan qarzdorlar elga ovoza qilinyapti. Huquqiy davlatda bu to‘g‘rimi?
16:05 / 23.02.2026