O‘zbekiston | 11:49 / 16.03.2020
14603
1 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmaydi - «O‘zbekoziqovqatxolding» 

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan aholida tug‘ilayotgan savol bo‘yicha bayonot berdi

Foto: KUN.UZ

Oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar o‘z rejimida ishlamoqda, deb xabar berdi “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qo‘shimcha 30 foiz quvvatni ishga solish va ishni 2 smenada yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjud ekani aytiladi.
  
Ta'kidlanishicha, mamlakatda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xomashyo yurtimizda yetishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari, sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi. 

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev mahsulot yetmay qolishi haqidagi gap-so‘zlar asossiz ekanini bildirgandi. 

Mavzuga oid