Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat muzeylari karantin tufayli yopiladi
17 martdan O‘zbekistondagi barcha davlat muzeylari va ko‘zi ojizlar kutubxonalari aholi tashrifi uchun yopiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Yuqori tashkilotlarning topshiriq va ko‘rsatmalariga muvofiq bu karantin muddati o‘z nihoyasiga yetgunga qadar davom etadi.
Bundan tashqari, estrada xonandalarining «Xalqlar do‘stligi» san'at saroyi, «Turkiston», «Zarafshon» va boshqa konsert zallarida o‘tkaziladigan konsert dasturlari, viloyatlar, tumanlar va barcha hududlarda ommaviy tadbirlar vaqtincha qoldiriladi.
Bundan avvalroq, 30-31 mart kunlari Xiva – 2020 «Turk dunyosi madaniyati poytaxti» tadbiri ham bekor qilinishi aytib o‘tilgan edi.
Shuningdek, 14-17 aprel kunlari Buxoro – 2020 «Islom madaniyati poytaxti» yiliga bag‘ishlangan tadbirlar, 21-27 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Teatr haftaligi» tadbirlari ham rasman bekor qilingan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026