Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus»ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
Foto: Goal
«Yuventus» klubi yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar berdi.
Yarimhimoyachi Blez Matyuidining COVID-19 uchun topshirgan testlari ijobiy natija berdi.
Fransiya milliy jamoasi a'zosi 11 martdan beri uyida izolyatsiyada edi.
Bungacha Turin klubida himoyachi Daniele Ruganida ham ushbu kasallik aniqlangan edi.
Ma'lumot uchun, Italiya Xitoydan keyingi o‘rinda koronavirus pandemiyasining asosiy markazi bo‘lib turibdi. Mamlakatda shu kungacha virus tufayli 2 mingdan ortiq kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025