O‘zbekiston | 12:04 / 20.03.2020
9132
1 daqiqa o‘qiladi

AKT vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Egamberdiyev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi 

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 19 martdagi qaroriga muvofiq, Jamshid Sharifjonovich Egamberdiyev axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bildirilishicha, shu munosabat bilan vazirlikda tayinlov bo‘lib o‘tdi.

Jamshid Egamberdiyev 1982 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Biznesni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.

J. Egamberdiyev shu vaqtga qadar «Aloqabank» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Shu bilan birga, u faoliyati davomida «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati Moliya bo‘yicha direktori lavozimlarida mehnat qilgan

Mavzuga oid