Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh aholiga pul tarqatishni boshlaydi
AQSh Moliya vazirligi koronavirus tufayli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha takliflarni e'lon qildi.
Foto: REUTERS
RIA «Novosti» xabariga ko‘ra, unda amerikaliklarga 500 milliard dollar miqdorida naqd pul tarqatish ko‘zlangan.
«Soliq to‘lovchilarga 6 apreldan boshlab 250 milliard dollar, 18 maydan boshlab esa yana 250 milliard dollar naqd pul tarqatish uchun moliyaviy mablag‘ ajratish taklif qilinadi. To‘lovlar Soliq xizmati va Fiskal xizmatlar byurosi tomonidan amalga oshiriladi», — deyiladi vazirlikning memorandumida.
To‘lovlar miqdori soliq to‘lovchilarning daromadiga muqobil bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Moliya vazirligi kichik biznesni kreditlash uchun 300 milliard dollar, iqtisodiyotning muammoli sohalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 milliard dollar va epidemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan aviatsiya sohasiga 50 milliard dollar ajratadi.
Prezident Donald Trampning bosh iqtisodiy masalahatchisi Larri Kudlou so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash paketi rekord darajadagi 1,3 trln dollarga teng bo‘ladi. Bu esa 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz oqibatlarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan deyarli 2 barobar ko‘pdir.
Mavzuga oid
19:31
AQSh mamlakat ichidagi chet elliklardan Green Card arizalari qabul qilishni cheklaydi
11:58
Pentagon NUJlarga oid hujjatlarning navbatdagi qismini e’lon qildi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026