Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Novosibirskdan O‘zbekistonga charter reys 21 martda amalga oshiriladi
Fuqarolar qaytib kelganidan keyin 14 kunlik karantinga joylashtiriladi
Novosibirsk shahridan O‘zbekistonga charter reys 21 martda amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun Novosibirsk shahridan (Rossiya) qo‘shimcha aviareys tashkillashtirish masalasini hal qildi.
Charter samolyotning Novosibirsk-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozi 21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:35ga, qo‘nishi esa Toshkent vaqti bilan soat 18.35ga mo‘ljallangan.
Bildirilishicha, qo‘shimcha aviareyslarni tashkillashtirish davom etmoqda.
O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelganidan keyin respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat'iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
22:05 / 24.04.2026
Rossiyaning Novosibirsk shahridan o‘zbekistonlik 7 nafar bola vatanga qaytarildi
12:33 / 21.03.2026
Sibirda qoramollar so‘yilishi: hokimiyat so‘nggi reyd haqida ma’lum qildi
21:42 / 27.02.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokistonni o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi
15:22 / 18.02.2026