Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
Sergey Lavrov O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari, barcha sohalardagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi muhim hissasi uchun orden bilan mukofotlandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjatda qayd etilishicha, Sergey Lavrov O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
O‘z navbatida, 21 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi Sergey Lavrovga 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.
Tabrikda Rossiya Federatsiyasi tashqi siyosat idorasi rahbarining hozirgi O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga chiqarishga, strategik va sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi yuqori baholandi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik izchil rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:59 / 21.01.2026