Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.
Turkiya hukumati koronavirus yuqtirish xavfi sababli yoshi 65dan oshgan shaxslarning ko‘chaga chiqishini taqiqladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
"Yakshanba soat 00.00dan boshlab yoshi 65dan oshgan hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslarning ko‘chaga chiqishi va parklarda, bog‘larda hamda shunga o‘xshash ochiq maydonlarda sayr qilish taqiqlanadi", - deyiladi xabarda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 670 nafarga yetgan.
11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusini pandemiya deb e'lon qildi. Butun dunyo bo‘yicha 234 mingdan ortiq kishi bu kasallikka chalindi, 10 mingga yaqin kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026