Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal'a tumani tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar qator qonun loyihalari bilan bir qatorda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal'a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan mazkur masala ushbu hududda boshqaruv hamda aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.
Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A.Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq” “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal'a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal'a” mahallalar hududlari tashkil etilayotgan Tuproqqal'a tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Pitnak shahri esa, Tuproqqal'a tumanining ma'muriy markazi etib belgilanmoqda.
O‘z navbatida, chegarasi o‘zgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026