Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistonga moliyaviy yordamni 1 mlrd dollarga qisqartiradi
Vashington Afg‘onistonda barcha siyosiy kuchlar vakillarini o‘z ichiga oluvchi “inklyuziv hukumat”ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar barbod bo‘lgandan keyin Kobulga ajratishni rejalashtirgan moliyaviy yordamni 1 mlrd dollarga qisqartirishga qaror qildi.
Bu haqda AQSh davlat departamenti bayonotida aytilgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va bosh vazir, prezident saylovlarida ishtirok etgan Abdulla Abdulla “inklyuziv hukumat” borasida kelisha olmaganlaridan afsuslanish bildirgan.
Shu sababli Vashington “Afg‘oniston bilan hamkorlik doirasini qayta ko‘rib” chiqmoqchi.
“Jumladan, biz Afg‘onistondagi xarajatlarimizni cheklashimizni e'lon qilamiz va joriy yildagi moliyaviy yordamimizni bir milliard dollarga qisqartiramiz”, deb aytilgan bayonotda.
Shuningdek, 2021 yilda ham moliyaviy yordam 1 milliard dollarga qisqartiriladi.
18 fevralda G‘ani Afg‘onistonda 2019 yil o‘tgan prezident saylovlarining g‘olibi deb e'lon qilingan. Biroq uning asosiy raqibi Abdulla Abdulla saylovlar natijalarini tan olishdan bosh tortgan.
Ayni vaqtda mamlakatda qo‘shhokimlik yuzaga kelgan.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026