O‘zbekiston | 15:46 / 24.03.2020
21370
2 daqiqa o‘qiladi

Senat yalpi majlisida 5ta qonun ko‘rib chiqilmoqda

24 mart kuni Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib va 24 martdan Toshkent shahriga kirib chiqish to‘xtatilgani munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, majlis kun tartibidan 5ta qonun o‘rin olgan:

  • «Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
  • «Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
  • «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»,
  • «III va IV darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida»,
  • «Sog‘lom avlod uchun» medalini ta'sis etish to‘g‘risida».
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Yalpi majlis kun tartibilan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal'a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqish ham o‘rin olgan.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Mavzuga oid