Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona tumanida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi qurbon bo‘ldi
Bir nafar yo‘lovchi olgan tan jarohati og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan. Haydovchisi va yana bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Joriy yilning 25 mart kuni soat 09:30da, Farg‘ona tumani 4R-112 “Farg‘ona halqa” avtomobil yo‘lining 222-km.da haydovchi F.F. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, avtomobilning chap oldi shinasi yorilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqdan o‘tib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi X.K. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi, 1992 yilda tug‘ilgan B.M. olgan tan jarohati og‘irligi sababli voqea joyida vafot etgan. “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi F.F. va yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan M.Q. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026