Guliston shahri transport vositalari uchun yopilmoqda
Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalarida kirish uchun to‘xtatiladi.
«Viloyat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Sirdaryo viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01dan boshlab Guliston shahriga kirish va shahardan chiqish vaqtinchalik to‘xtatiladi», — deyiladi Sirdaryo viloyat IIB xabarida.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — koronavirus infeksiyasi viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olishdir.
Cheklovlar quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:
yuk tashish bilan bog‘liq holatlarga;
- Guliston shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
- Guliston shahriga kirish uchun viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlarga;
- shifokor va hamshiralar, SEOM xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga.
Guliston shahriga kirish chiqish faqat ikkita yo‘nalish bo‘yicha:
1-yo‘nalish: Guliston shahri, Guliston ko‘chasiga yo‘l o‘tkazgich ko‘priq orqali;
2-yo‘nalish: Guliston shahri, Do‘stlik qo‘rg‘oni, Xondamir ko‘chasida tashkil etilgan karantin postlari orqali — transport vositalari va yo‘lovchilarni dezinfeksiya qilgan holda amalga oshiriladi.
Guliston shahriga boshqa yo‘nalishlardan kirib-chiqish joylari to‘liq yopiladi.
Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
- Bungacha Namangan, Andijon va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyati transport vositalari kirishi uchun yopilgandi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi
10:34 / 21.07.2024
Sirdaryoda do‘kon sotuvchisi QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi
10:27 / 11.07.2024
Navoiyda IIB xodimi kartasidagi pulini o‘g‘irlatgan fuqarodan pora oldi
16:16 / 05.05.2024