O‘zbekiston | 18:15 / 26.03.2020
24773
2 daqiqa o‘qiladi

Guliston shahri transport vositalari uchun yopilmoqda

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalarida kirish uchun to‘xtatiladi.

Foto: KUN.UZ

«Viloyat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Sirdaryo viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01dan boshlab Guliston shahriga kirish va shahardan chiqish vaqtinchalik to‘xtatiladi», — deyiladi Sirdaryo viloyat IIB xabarida.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — koronavirus infeksiyasi viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olishdir.

Cheklovlar quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi:

yuk tashish bilan bog‘liq holatlarga;

  • Guliston shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga;
  • Guliston shahriga kirish uchun viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlarga;
  • shifokor va hamshiralar, SEOM xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan mas'ul xodimlariga.

Guliston shahriga kirish chiqish faqat ikkita yo‘nalish bo‘yicha:

1-yo‘nalish: Guliston shahri, Guliston ko‘chasiga yo‘l o‘tkazgich ko‘priq orqali;

2-yo‘nalish: Guliston shahri, Do‘stlik qo‘rg‘oni, Xondamir ko‘chasida tashkil etilgan karantin postlari orqali — transport vositalari va yo‘lovchilarni dezinfeksiya qilgan holda amalga oshiriladi.

Guliston shahriga boshqa yo‘nalishlardan kirib-chiqish joylari to‘liq yopiladi.

Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

  • Bungacha Namangan, Andijon va Samarqand shaharlariga kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilgan, shuningdek, Surxondaryo viloyati transport vositalari kirishi uchun yopilgandi.

Mavzuga oid