Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Marixuana» giyohvandlik moddasi hamda ov quroli va patronlar fosh etildi
Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Z.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Mazkur tadbirda giyohvandlik va portlovchi moddalarni qidirib topishga mo‘ljallangan “Zevs” va “Daggi” laqabli xizmat itlari yordamidan ham samarali foydalanildi.
Natijada, ushbu shaxsning xonadonida 5 dona tselofan paketlarga solingan, vazni 810,06 gramm bo‘lgan, yashil rangli o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik vositasi, shuningdek, ruxsatnoma muddati o‘tgan 1 dona “TOZ” rusumli 12 kalibrli qo‘shotar ov quroli, 27 dona bo‘sh 12 kalibrli gilzalar va hujjatlari bo‘lmagan 6 dona kichik kalibrli o‘q otish quroli uchun mo‘ljallangan patronlar saqlanayotgani fosh etildi.
Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro S.Z.ning Samarqand shahridagi xonadoni ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Xonadondan 1 dona polietilen paket ichiga solingan vazni 4,6 gramm bo‘lgan yashil rangli o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi ma'lum bo‘ldi.
Tadbir natijasida, jami vazni 814,66 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:46 / 03.03.2026
Bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish tartibi yangilandi
21:01 / 28.02.2026
Tolibjon Saidov yangi lavozimidan ozod etildi
13:14 / 28.02.2026
Pensiyaga kuzatilgan bojxonachi 4 kundan keyin yangi lavozimga tayinlandi
09:12 / 20.02.2026